Yangi binoning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Yangi yil bayrami hamda tibbiyot birlashmasi yangi binosining foydalanishga topshirilishi bilan qutladi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, xorijiy tajribalarni joriy etish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangi bino aholiga haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.  Bino uchun 2 gektar yer maydoni ajratilib, 13 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Birlashmada patologiya, terapiya, shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish, yuqumli kasalliklar hamda bolalar bo‘limlari faoliyat olib bormoqda.

Tadbir ishtirokchilari yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

 

Dovud ABIBULLAEV, 
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA