Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda. Shuningdek, aholida jarayon bilan bog‘liq turli xil savollar tug‘ilmoqda? Xususan, ko‘pchilikni “COVID-19”ga chalinib, sog‘aygan kishi unga qarshi emlanishi shartmi, degan savol qiziqtirmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunovaning SSV matbuot xizmatiga ta’kidlashicha, pandemiya xavfi saqlanib qolayotgani va koronavirus infeksiyasi bilan qayta kasallanish ehtimolining yuqoriligi sababli, ushbu virus bilan avval kasallangan bo‘lishdan qat’i nazar, emlanish shart.
Chunki emlashdan keyingi “orttirilgan immunitet” muhim hisoblanadi. Ya’ni tabiiy va “COVID-19”ga qarshi emlash natijasida hosil bo‘lgan immunitet kasallikka qarshi kuchli himoyani shakllantiradi.
Mohigul Qosimova, O‘zA