Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizning MMA sport turi bo‘yicha tajribali murabbiyi va ushbu musobaqalarda munosib ishtirok etadigan sportchimiz Mansur To‘g‘izboyevning shogirdi Mirolim Mirzaydinov ertaga, 30 dekabr kuni Olmaota shahrida MMA bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro turnirda qozog‘istonlik Baxtiyor Nesipbekga qarshi jang o‘tkazadi.

Bugun mazkur jang oldidan sportchilarning vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Mirolim va Baxtiyorning vaznini bir xil – 57 kilogramm chiqdi. Sportchimizning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi va o‘ziga ishonchi ko‘zlar to‘qnashuvida ham ko‘rinib turdi.

– Ertaga biz kutgan jang bo‘lib o‘tadi. Mirolimni ushbu jangga bir necha oy davomida tayyorladim. Uning g‘alaba qozonishiga ishonaman, – deydi Mansur To‘g‘izboyev.

 

O‘zA