Samarqand viloyati faollar yig‘ilishida Paxtachi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tuman hokimining hisoboti, takliflari eshitildi.
Shuningdek, tuman faollarining aholini qiynab kelayotgan muammolariga oid murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Yig‘ilishda Paxtachi tumanini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, aholining turmush sharoitini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yana qanday yordam kerak bo‘lsa, berilishi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari tuman nomi – Paxtachining ma’nosiga alohida to‘xtalib, hudud tarixidan kelib chiqib tuman nomini o‘zgartirishni taklif qildi.