Bu Prezidentimiz tomonidan joriy yil 20 yanvarda imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yildi.

Qonunda madaniy faoliyat sohasida davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari belgilandi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi va davlat boshqaruvi organlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Belgilandiki, har bir shaxs madaniy faoliyat sohasida mulk huquqiga ega. Mulk huquqi tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ashyolarga, shuningdek, moddiy madaniy meros ob’ektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin.

Madaniyat tashkilotlari madaniy faoliyatning turlariga qarab madaniy-tomosha tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar, boshqa madaniyat tashkilotlari kabi toifalarga bo‘linadi.

Madaniyat tashkilotlari mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida tashkil etiladi.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlariga madaniyat, san’at sohasida erishgan yutuqlari uchun Hukumat taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan “Milliy” yoki “Akademik” maqomi berilishi mumkin.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarining attestatsiyasi uch yilda bir marta o‘tkaziladi.