Angliya liga kubogining yarim final uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Musobaqaning ushbu bosqichidagi ilk uchrashuvda “Tottenxem” “Brentford”ni 2:0 hisobida taslim qilgan edi.
Yarim finalning ikkinchi bahsi “Manchester Siti” hamda “Manchester Yunayted” o‘rtasida o‘tdi. O‘yinning 51-daqiqasida Jon Stounz jarima zarbasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi. 83-daqiqada esa Fernandino himoyachilardan qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llab, “Manchester Siti”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, “Manchester Siti” va “Tottenxem” Angliya liga kubogining finalida bosh sovrin uchun kuch sinashadigan bo‘ldi. Ushbu final o‘yini joriy yilning 25 aprel kuni Londondagi Angliya liga kubogining “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.