Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.

98 ta ixtisoslashgan maktablar tashkil qilinib, “Geologiya fanlari universiteti” tashkil qilindi.

Prezidentimiz keyingi yilda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan yo‘nalishlar sifatida fizika va chet tillarini o‘qitishning ustuvor yo‘nalish etib belgilashni taklif qildi.

Davlatimiz rahbari fizika fundamental fan ekanini ta’kidlab, chet tillari butun dunyoni tanish uchun imkon ekanini qayd etdi.