O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.

– Birgina joriy yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar qamrovi 2 barobarga oshirilib, 1 million 200 ming nafarga yetkazildi. Ushbu maqsadlarga byudjetdan 2016 yilgiga nisbatan 5 barobar ko‘p mablag‘ ajratildi.

Bu yil oliy ta’limga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o‘sdi, yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetdi – dedi davlatimiz rahbari.