Hindistonning Jaypur shahrida 22-25-dekabr kunlari “Jaipur Jewellery Show – 2017” qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlari xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
“Jaipur Jewellery Show” kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro ko‘rgazmaning bu yilgi mavzusi “Yoqut: qizil, nodir, shohona” deb nomlangan.
Ko‘rgazmaning Jaypurda o‘tkazilayotgani bejiz emas. Pushti shahar nomi ila mashhur Jaypur rangli qimmatbaho toshlari bilan dong taratgan.
“Jaipur Jewellery Show – 2017”da sohaga oid 750 dan ziyod firma va kompaniya o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda. Xalqaro ko‘rgazmada qimmatbaho toshlar va metallar, zargarlik buyumlari va aksessuarlar, sanoatda foydalaniladigan texnika va texnologiyalar namoyish qilinadi.