Xitoyning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Tyanszin shahrida koʻprik oʻpirilishi oqibatida kamida 7 kishi halok boʻldi, 5 odam jarohatlandi. Hodisa toʻgʻrisida mahalliy “Global Times” gazetasi xabar bergan.
Politsiya baxtsiz hodisaga sababchi sifatida koʻprikni qayta taʼmirlash ishlarini bajargan qurilish kompaniyasi xodimlarini qoʻlga oldi.
XXR hukumati tomonidan voqea joyiga surishtiruv ishlarini olib borish uchun maxsus guruh joʻnatildi.

 

OʻzA