Bartomeuning kursisi qimirlab qoldi

“Barselona” futbol klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeuni isteʼfoga chiqarish uchun ovoz toʻplash jarayoni davom etmoqda.

Bugungi kunga qadar uning isteʼfosini talab qilib ovoz berganlar soni 20687 taga yetdi va yana 693 ta ovoz toʻplansa u oʻz oʻrnini boʻshatadi. Biroq yuqorida toʻplangan ovozlarning 4400 tasi tekshirilmoqda. Agarda 4400 ta ovoz texnik yoʻl bilan koʻpaytirilgan boʻlsa, ularning barchasi olib tashlanadi.Shu tariqa kerakli ovoz toʻplansa, “Barselona” rahbariyati Bartomeuni isteʼfoga chiqarish masalasini koʻrib chiqadi. Rejaga koʻra, “koʻk-anor ranglilar”da yangi prezidentlik saylovi 2021-yilning 15-mart kuni boʻlib oʻtadi.

 

O’zA