O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 may kuni Andijon viloyatiga keldi. 
Davlatimiz rahbari dastlab Xonobod shahridagi «Xon tex city» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
Ma’lumki, Xonobod shahri uzoq yillar yopiq hudud bo‘lib, sanoat rivojlanmagan, ko‘plab ob’ektlar bo‘shab qolgan edi. Prezidentimiz 2017 yil 2 iyunda bu yerga tashrif buyurib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bilan yaqindan tanishgan, vaziyatni tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab bergan edi.
Shu asosida 2017-2019 yillarda Xonobod shahrini kompleks rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Unga 3 ming 200 dan ziyod loyihalar kiritilib, 500 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Buning natijasida ko‘plab korxonalar tashkil etilib, odamlar ish bilan ta’minlandi.
Anhor mahallasi hududidagi sobiq 4-avtokorxona ham uzoq yillar bo‘sh turgan edi. Uning binolari va yer maydoni tadbirkorlarga “nol” qiymatda bo‘lib berilib, tashkiliy, moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Bugun bu yerda katta-kichik 13 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularda jami 685 kishi ishlamoqda.
«Xon tex city» mas’uliyati cheklangan jamiyati shulardan biri. O‘tgan yili ishga tushirilgan korxonada 50 turdagi tayyor kiyim-kechaklar 300 dan ortiq modelda ishlab chiqarilmoqda. Yiliga 500 ming dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Eng muhimi, ilgari ishsiz bo‘lgan 300 ga yaqin xotin-qiz bandligi ta’minlangan.
d655e733-29a0-411a-8d1e-e6fdc513b1f3.jpg

Давлатимиз раҳбари корхонадаги шароитларни кўздан кечирди, ишчи хотин-қизлар билан мулоқот қилди.

– Ҳамма ҳаракатларимиз, фармон ва қарорларимиз замирида халқимиз ҳаётини яхшилаш, фарзандларимизнинг эртанги кунига замин яратиш мақсади мужассам. Шу борадаги ўзгаришларни, сизларнинг ҳаётдан розилигингизни кўриб хурсанд бўлдим. Андижонга бу галги ташрифимиздан ҳам мақсад – одамларнинг ҳақиқий талабидан келиб чиқиб режа қилиш, уларни таъминлаш чораларини кўриш, – деди Шавкат Мирзиёев.

57da5130-dae1-5947-174f-c7b8938a0060.jpg

 

O’zA