Shavkat Mirziyoyev Iroq xalqi va Prezidentiga taʼziya bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tigr daryosida parom choʻkishi oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan Iroq Respublikasi Prezidenti Barham Ahmad Solihga samimiy hamdardlik bildirdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

OʻzA