Dunyoning yetakchi ijtimoiy tarmoqlari

YEBIZMBA biznes axborot tarmogʻi tomonidan olib borilgan tahliliy-statistik soʻrov natijalariga koʻra, 2019 yilning birinchi choragi holatidagi dunyoning yetakchi ijtimoiy tarmoqlari oʻntaligi eʼlon qilindi.
Reyting natijalariga koʻra, foydalanuvchilar sonining koʻpligi bilan Google Search internet qidiruv xizmati dunyoning yetakchi internet tarmogʻi deb eʼlon qilindi. Tarmoqda millionlab odamlar tomonidan har kuni uch yarim millionga yaqin internet qidiruv ishlari amalga oshiriladi.
photo_2019-03-02_14-04-52.jpg
Youtube tarmogʻida kuniga 5 million foydalanuvchi tomonidan video koʻrish ishlari amalga oshiriladi. Foydalanuvchilari sonining hisobiga koʻra, ushbu tarmoq reytingning ikkinchi pogʻonasini egalladi.
photo_2019-03-02_14-04-53.jpg
Kuniga 1.5 million foydalanuvchilariga ega boʻlgan Facebook tarmogʻi reytingni uchinchi pogʻonasini egalladi.
photo_2019-03-02_14-04-53 (2).jpg
Shuningdek, foydalanuvchilari sonining koʻpligi va xalqaro maydonda ommalashuviga koʻra Baidu, Wikipedia, QQ.com, Taobao, Yahoo, Tmall, Amazon ijtimoiy tarmoqlari dunyo yetakchi internet tarmoqlari deb eʼtirof etildi.

 

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA