Davlatimiz rahbari “Mirzachoʻl teks” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.
Korxona faoliyati 3-bosqichli loyiha asosida yoʻlga qoʻyiladi. Birin-chi bosqich 2018 yil dekabr oyida ishga tushgan. Xitoy, Turkiyadan 100 dona tikuv dastgohi olib kelib oʻrnatildi. Ayni paytda bu yerda import oʻrnini bosuvchi eksbortbop mahsulotlar, xususan, jinsi shimlar tikilmoqda. 70 dan ziyod xotin-qiz ish bilan taʼminlangan.
Loyihaning 2-bosqichida 240 ish oʻrniga moʻljallangan jinsi mato toʻqish yoʻlga qoʻyiladi. 3-bosqichda ip-kalava yigiruv amaliyoti ishga tusha-di. 2021 yilgacha korxona toʻliq quvvat bilan ishlashi kutilmoqda. Bu tu-manda 800 ga yaqin ish oʻrni yaratish imkonini beradi.
Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyatiga doir zarur koʻrsatmalarini berdi. Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga doimiy eʼtibor qaratish za-rurligini taʼkidladi.
Shu yerning oʻzida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyiha taqdimoti boʻlib oʻtdi. Xususan, mamlakatimizning Rossiya Federa-siyasi, Fransiya va Belarus Respublikalaridagi elchixonalari tomonidan viloyatga jalb qilingan investitsiyalar taqdimoti, shuningdek, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Xitoy kabi davlatlardan kelgan investorlar oʻz loyihalari taqdimotini oʻtkazdi.
Taqdimotga koʻra, rossiyalik investorlar yoritish uskunalari, avtomo-bil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligiga zamonaviy tex-nologiyalarni joriy etish, fransiyalik ishbilarmonlar esa arxitektura oynalarini ishlab chiqarish, mevani qayta ishlashga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Fransiyaga anor, qovun, qizilmiya ildizini eksport qilish re-jalashtirilgan.