Shavkat Mirziyoyev: Aholining har bir murojaati eʼtiborda boʻladi

Davlatimiz rahbari Mirzachoʻl tumanidagi yangi qurilgan Davlat xizmatlari markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bundan toʻqqiz oy oldin mazkur markaz oʻrni tashlandiq joy boʻlgan, oʻtgan qisqa vaqt mobaynida zamonaviy markaz binosi qad rostladi, quri-lish va bunyodkorlik ishlariga 5 milliard 740 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Markaz bir kunda 200-250 mijozga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Endilikda bu yerda tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish, notarius, FHDYO boʻlimi, pasport berish va almashtirish kabi 103 xizmat turi koʻrsatiladi. Shuningdek markazda kutubxona, nikohdan oʻtuvchilar uchun tantanalar zali, investorlar xonasi tashkil qilingan. Bu yerda tadbirkorlar yuridik shaxslarga koʻrsatilayotgan xizmatlar, imtiyozlar, Oʻzbekistonda biznesni ochishning oʻziga xos jihatlari haqida batafsil maʼlumot olishi mumkin.

Bundan tashqari, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, fuqarolik pasportini olish va almashtirish uchun zarur boʻlgan texnika bilan jihozlangan.

“Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyiliga muvofiq, yangi tizim Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas – davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu gʻoyasini soʻzsiz amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Davlat xizmatlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi fuqarolarning ham vaqti, ham mablagʻini tejashga xizmat qiladi. Aholi tomonidan qilinayotgan har bir murojaat eʼtiborda boʻladi, – dedi Prezident.
6d1222cb-59aa-444e-7cf4-6643381403f6.jpg

72cc1b3b-672d-47c4-903a-dbb2864a585e.jpg
0ec5aee1-77a5-43b5-107d-63650d6706cb.jpg
Ulugʻbek Asrorov, OʻzA