Sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish – muhim vazifa

Shavkat Mirziyoyev Mirzachoʻl tumanidagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada faoliyati va bu yerdayaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Aytish mumkinki, mazkur tibbiyot muassasasi mamlakatimizda namunaviy koʻp tarmoqli markaziy poliklinika sifatida ish boshladi. 1974-1976 yillarda qurilgan bu poliklinika shu kunga qadar kapital taʼmirlanmagan edi. “Obod qishloq” dasturi asosida muassasa uchun yangi bino qurildi. 250 qatnovga moʻljallangan poliklinikada 125 ish oʻrni yaratildi. Zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan poliklinikada jarroh, pediatr, UTT shifokori, stomatolog, terapevt, LOR, oftolmolog, travmatolog, nevropotolog, psixiatr kabi mutaxassislar tomonidan aholiga tibbiy xizmat koʻrsatiladi.

Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika “Salomatlik-3” loyihasi asosida veloergometr, ExoEEG, EXO, Gastrofibroskopiya, raqamli rentgen, UTT apparati, bioximik analizator, avtoklaf, sentrafuga, EKG, stomatologik jamlanma, audometr, oftarefroktometr kabi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

Yangi binoda aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida elektron roʻyxatga olish tizimi joriy qilindi. Ayollar maslahatxonasi, kunduzgi statsionar, ijtimoiy dorixona faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Prezidentimiz poliklinikadagi sharoitlarni koʻzdan kechirar ekan, aholini kasalliklar profilaktikasi bilan toʻliq qamrab olish, odamlar boshqa joyga davo izlab borib ovora boʻlmasligi kerakligini taʼkidladi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, shifokorlar malakasini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalarini berdi.

d73d7636-173d-d3cf-f7bd-427592a4f4ed.jpg

 

Ulugʻbek Asrorov, OʻzA