“Orolboʻyini obod etaylik” loyihasi qizgʻin davom etmoqda

Mazkur loyiha doirasida 5 ming gektar yashil oʻrmon barpo etiladi
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ekoxavfsizlik, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan unumli foydalanish borasida belgilab berilgan vazifalarni bajarishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari va fuqarolik institutlarining ham faol ishtirokini taʼminlash kerakligi nazarda tutilgan edi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Orolboʻyini obod etaylik” loyihasi ishlab chiqildi. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda bajarilayotgan ushbu loyihada Orol dengizining qurigan 5 ming gektarida yashil oʻrmonlar barpo etish, u yerdagi ekologik barqarorlikni taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini mavsumiy ish bilan taʼminlash asosiy maqsad qilib belgilangan.
Federatsiya tizimi xodimlari, hasharchilar tomonidan ushbu hududda saksovul urugʻini yerga qadash ishlari qizgʻin olib borildi. Loyiha avvalida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi xodimlariga mavsumiy yashash uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy koʻchma turarjoylar taqdim etildi.
photo5370772903781575114.jpg
photo5370772903781575113.jpg
photo5370772903781575112.jpg

 

OʻzA