Oʻzbekistonda avtomobillar oldi-sotdisi kamaydi

Avtotransport vositalari bilan bogʻliq notarial harakatlar haqida Adliya vazirligi Axborot xizmati OʻzAga maʼlumot berdi. 

Oʻtgan 2018 yilda 345 392 ta avtotransport vositasi oldi-sotdi qilindi. Bu esa 2017 yilga nisbatan 7 003 taga yoki 0,5 foizga kam demakdir.

Keltirilgan maʼlumotga koʻra, 2018 yil davomida avtotransport vositalaridan foydalanish va tasarruf etish huquqi bilan notarial idoralarda 670 717 ta ishonchnoma rasmiylashtirilgan.

Notariuslar faoliyatidagi avtotransport vositalari oldi-sotdisi bilan bogʻliq 2018 yilda qayd etilgan eng qiziqarli maʼlumotlardan biri Toshkent shahrida 1936 yilda ishlab chiqarilgan “Mersedes Benz” avtotransport vositasi sotilganidir.

 

OʻzA