Xalq taʼlimi vazirligi delegatsiyasi 21-25 yanvar kunlari Londonda boʻlib oʻtgan Jahon taʼlim forumida ishtirok etdi.
Nufuzli forumda 100 dan ziyod davlatlarning taʼlim vazirlari, soha mutaxassislari taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha masalalarni muhokama qildilar.
Forumda Oʻzbekistondaboshlangan islohotlar Buyuk Britaniya taʼlim sohasi vakillarida katta qizigʻish uygʻotayotgani taʼkidlandi.
Buyuk Britaniya taʼlim tizimi mutasaddilari bilan boʻlgan uchrashuvda taʼlim sifatini oshirish va mamlakatimizda ingliz tilini oʻqitishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi Cambridge Assessment International Education, Bridge International Academies, Education First (Shvetsiya) va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Hamkorlar Oʻzbekistonda ingliz tili oʻqituvchilari bilimini tekshirish, dars jarayonining onlayn nazorat platformasini, mutaxassislarni ingliz tiliga onlayn oʻqitish tizimini joriy etish hamda boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik qilish niyatini bildirdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Britaniya Kengashining “Taʼlim siyosati boʻyicha muloqot: yoshlarimiz kelajakka qanday tayyorgarlik koʻrayapti“ mavzusidagi dasturda ham ishtirok etdi.