Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, Elyar Majidovich Ganiyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
OʻzA