Auksiondagi ishtirokingiz biznesingiz taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshadi

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1304 ta boʻsh yer uchastkalari 364 mlrd. 350 mln. soʻm investitsiya kiritish, 5 636 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 148 mln. 200 ming soʻmga sotildi. 
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.
Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 3286 ta boʻsh yer uchastkalari, 859 mlrd. 250 mln. soʻm investitsiya kiritish, 12527 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 23mlrd. 481 mln. 200 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1304 ta boʻsh yer uchastkalari 364 mlrd. 350 mln. soʻm investitsiya kiritish, 5 636 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 148 mln. 200 ming soʻmga sotildi.
Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1982 ta boʻsh yer uchastkalari 21 mlrd. 314 mln.600ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 172 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 225 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 950 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 85 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 863 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 33 mlrd. 15 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 70 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 175 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 286 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 16 mlrd. 180 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Surxandaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 101 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 120 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 19 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 133 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 550 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 501 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd.331mln. 596 ming soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 154 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 850 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi.
  • Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 331 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 13 mlrd. 150 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi.
  • Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 150 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 640 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 13 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 88 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 710 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
  • Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 330 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 580 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 100 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 1057 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 40 mlrd. 973 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan6 mlrd. 444 mln. 100 soʻm miqdorga sotildi.
Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.
AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQI HAMDA BIZNЕSINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QOʻSHADI!
“E-IJRO AUKSION”YAESMga savdoga qoʻyilgan 1 soʻmlik binolar
ROʻYXATI
РЎЙХАТИ
 
01.JPG
02.JPG
04.JPG
03.JPG

 

OʻzA