Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorliklikning birinchi forumi doirasida memorandumlar imzolandi.
Forum doirasida turli vazirlik va idoralar doʻstona hamkorlik memorandumiga imzo chekishdi.
Ikki davlat ishbilarmonlari, mutaxassislar ishtirok etgan ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad ikki mamlakat oʻrtasidagi loyihalar hamda klasterlar faoliyati boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiyotning jadal rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqishdir.
Oʻzbekiston RespublikasiBosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov va boshqalar Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlatlari oʻrtasida mintaqalararo munosabatlarni rivojlantirishda boshlangan jiddiy islohotlar taraqqiyotning yangi davrini boshlab berganini taʼkidlashdi.
Sessiyada davlatlararo ahamiyatga ega mavzularda taqdimot maʼruzalar tinglandi.
Yakunda ikki mamlakat vakillari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.
Gʻayrat Shirinov, Temur Mamadaminov (surat), OʻzA Qozogʻiston, Chimkent