Oʻzbekistonlik noshirlar “XEROX” konferensiyasida ishtirok etishdi

Bugun barcha jabhada boʻlgani kabi noshirlik va matbaa sohasiga ham innovatsion texnologiyalar jadal surʼatda kirib bormoqda. 
Binobarin, innovatsion texnologiyalar noshirlik va matbaachilikning murakkab jarayonlarida oʻzining tezkor va sifatli ishi bilan oldinda turgan vazifalarni hal etishda qoʻllanilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida “XEROX” kompaniyasi tomonidan hamkorlik konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari – Innovatsiya, yangi texnologiyalar va sifatni boshqarish masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari Olimjon Meliyev hamda Tezkor ishlab chiqarish sexi xodimi Abdurahmon Abdugʻaniyev Moskva shahrida boʻlib oʻtayotgan “XEROX” hamkorlik konferensiyasida ishtirok etdi. Ushbu konferensiya davomida vakillarimiz sohaga oid soʻnggi yangiliklar bilan tanishi bilan bir qatorda jadallashtirilgan kurslarda kasb mahorati va malakalarini oshirish ham maqsad qilib olingan.
Konferensiya davomida soʻnggi turkumdagi chop etish uskunalari namoyishi boʻlib oʻtdi. Xususan, soʻnggi rusumdagi yangicha innovatsion yondashuv asosida ishlab chiqilgan raqamli chop etish dastgohi “XEROX IRIDESS”ning amaldagi imkoniyatlari koʻrsatib berildi. Aytish lozimki, ushbu uskuna oʻzining afzalligi va tezkorligi boʻyicha boshqa chop etish dastgohlaridan ancha ilgarilab ketgan.
OʻzMAA “Oʻzbekiston” NMIU matbuot xizmati

 

OʻzA