“Chegara bilmas shifokorlar” insoniyatni ogohlantirdi

Soʻnggi oʻn yilda dunyoda 100 dan ziyod kelishmovchilik, ziddiyatlar kelib chiqqan.
“Anadoʻli”ning yozishicha, “Chegara bilmas shifokorlar” (MSF)ning Ispaniyadagi ofisi rahbari Devid Noguyera Istambulda oʻtkazilgan tadbirda shu haqda soʻzlagan.
“Chegara bilmas shifokorlar” jahonning yirik tibbiy tashkilotlaridan biri boʻlib, 1971 yilda fransiyalik shifokorlar tomonidan asos solingan.
“Iqlim oʻzgarishlari yirik tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi. Insoniyat oziq-ovqat yetishmasligi va koʻplab kasalliklardan aziyat chekadi. Ebolani esga oling! Epidemiya tufayli insonlar Shimol va Janub oʻrtasida koʻchib yurishga majbur boʻladi…”, degan Devid Noguyera.
Uning soʻzlariga koʻra, tabiiy ofatlar jabrdiydalariga koʻmak berishda ijtimoiy tarmoqlar va zamonaviy texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Malohat Husanova, OʻzA