Madaniy meros obyektlarini konservatsiya, restavratsiya va tiklash borasida xalqaro seminar oʻtkaziladi.
Joriy yilning 10-noyabr kuni soat 9:30da poytaxtimizdagi “City Palace” mehmonxonasida “Konservatsiya, restavratsiya va tiklash ishlarini dolzarb muammolari: nazariya va amaliyot” mavzusiga bagʻishlangan xalqaro seminar boʻlib oʻtadi. Unda Xitoy, Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Dastur asosida seminarga tashrif buyurgan olimlar, restavratsiya va konservatsiya ishi boʻyicha mutaxassislar Ichan Qalʼada xitoyliklar tomonidan madaniy meros obyektini restavratsiya ishlarini amalga oshirish jarayonlarini kuzatishib, unda ishtirok etishadi.
Saytimizni kuzatib boring, xalqaro seminar tafsilotlari keng yoritiladi!