Turbodvigatelli “Malibu” avtomobilining afzalligini bilasizmi?

“GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati turbodvigatelli “Malibu” modelining yangi avlodini ishlab chiqarishni oʻzlashtirdi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyatining Pskent tumanidagi avtopoligonda turbodvigatelli “Malibu” avtomobilining yangi avlodi namoyishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

photo5377741569823713647.jpg

Keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda mazkur aksiyadorlik jamiyati tomonidan modellar qatorini yangilash borasida izchil ishlanishlar olib borilayotgani va buning samarasi sifatida yaratilgan turbodvigatelli “Malibu” avtomobilining afzalliklari xususida atroflicha maʼlumot berildi.

photo5377741569823713649.jpg

Qayd etilganidek, 2021 yilgacha dunyo boʻyicha avtomobillarning 48 foizi turbodvigatelli boʻlishi rejalashtirilmoqda. Shu jihatdan izohlaganda “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati faoliyatidagi bunday yangilik katta eʼtiborga loyiqdir.

photo5379761295374526870.jpg

– Ushbu turbodvigatelli avtomobil benzin kam sarflanishi va yuqori tezlikka egaligi bilan ajralib turadi, – dedi aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshligʻi Oybek Egamberdiev. – Masalan, ushbu turbodvigatel hajmi 2 litr boʻlib, bu benzinni kam sarflash imkonini beradi. Atmosfera dvigatellida 11 sekundda 100 kilometr soatga yetadigan boʻlsak, ushbu turbodvigatelda bu koʻrsatkich 8 sekundni tashkil etadi. “Lyuks” rusumli avtomobillar sirasidan boʻlgan “Malibu Turbo” oʻzbek avtomobilsozligi rivojida muhim oʻrin egallashiga ishonamiz. Shu sababli ochiq havoda turbodvigatelli “Malibu” avtomobili imkoniyatlarini namoyish etish va uni test-drayvdan oʻtkazishni maqsad qildik.

photo5379761295374526875.jpg

Aytish joizki, joriy yilning 5 sentabrida turbodvigatelli “Malibu” avtomobili sotuvi boʻyicha eʼlon qilingan. Hozirgi kunda 281 nafar mijoz shartnoma toʻlovlarini amalga oshirgan.

photo5379761295374526884.jpg

Tadbir yakunida turbodvigatelli “Malibu” avtomobili test-drayvdan oʻtkazildi.

photo5379761295374526887.jpg

photo5379761295374526896.jpg

 

Nasiba Ziyodullayeva, Asqar Yoqubov (surat), OʻzA