Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 19 oktyabr kuni boʻlib oʻtdi.
Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtgan muzokaralarda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xoʻjaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tashrif asnosida jami 20 ta hujjat imzolandi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Prezidentlar “Oʻzekspomarkaz”dagi “Oʻzbekiston – Rossiya” birinchi hududlararo hamkorlik forumiga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ramziy tugmani bosib, mamlakatimizdagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasining boshlanishiga start berdi.
Davlat rahbarlari norasmiy uchrashuv ham oʻtkazdi.
Prezident Vladimir Putin Rossiyaga joʻnab ketdi. Uni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.