Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari malaka oshiradi

Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarida respublikaning barcha tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari malaka oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-avrystdagi karorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2018–2019 oʻquv yilida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar boshqaruv kadrlarining malaka oshirish jadvali tasdiqlandi.
Akademiya Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda har yili sentyabr oyidan boshlab hududiy filiallarda zamonaviy taʼlim texnologiyalarini tatbiq etgan holda yuqori saviyada mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari hamda boshqa davlat tashkilotlari boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etilishini taʼminlaydi.
Malaka oshirish kurslari tinglovchilari Akademiyaning Axborot-resurs markazi elektron adabiyotlar fondidan bepul foydalanadi.
Bundan tashqari, ish joyidan ajralgan holda malaka oshirish kurslari va oʻquv-amaliy seminarlarga yuboriladigan tinglovchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sutkalik va transport xarajatlari qoplanadi.
01.JPG
02.JPG
*Izoh: yanvar va fevral oylarida respublikaning barcha tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari malaka oshiradi.
 
** Xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining buyurtmalari koʻra toʻlov-kontrakt asosida malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil qilinadi.

 

OʻzA