Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lanka ustidan gʻalaba qozondi

Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankaning Kolombo shahrida oʻtayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini mezbon Shri-Lanka U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi.
Kuchli yomgʻir ostida oʻtgan murosasiz oʻyinda Ilxom Xanjariyev shogirdlari Shri-Lanka ustidan 4-0 hisobidagi ishonchli gʻalabaga erishishdi. Uchrashuvdagi gollarni Leyla Oraniyazova, Oʻgʻiloy Saʼdullayeva, Oysara Suyunova hamda Diyora Joʻraboyevalar kiritishdi.
Terma jamoamiz soʻnggi tur oʻyinini 23-sentabr kuni soat 14:30 da Xitoy U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

 

O’zA