FIFA reytingi: Oʻzbekiston pastlashda davom etmoqda

Bugun Xalqaro Futbol Federatsiyasi – FIFA terma jamoalarning yangi reytingini eʼlon qildi.
Unga koʻra, terma jamoalar reytingini Yevropa vakili Belgiya 1729 ochko bilan boshqarib bormoqda. Amaldagi jahon chempioni Fransiya ham xuddi shuncha ochko bilan birinchi, Braziliya terma jamoasi 1663 ochko bilan uchinchi, jahon chempionati finalchisi Xorvatiya esa 1634 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinda bormoqda. Kuchli oʻntalikdan Urugvay (1632), Angliya (1612), Portugaliya (1606), Shveysariya (1598), Ispaniya (1597) hamda Daniya (1591) terma jamoalari joy olishgan.
AAAк.PNG
2014-yilgi mundial finalchilari Argentina hamda Germaniya termalari pastroqdan oʻrin olgan. Argentina 1575 ochko bilan 11, Germaniya esa 1568 ochko bilan 12-oʻrinda qayd etilgan.
Osiyo qitʼasi vakillari orasida eng yuqori oʻrinda Eron termasi qayd etilgan. Forslar umumiy jadvalda 1474 ochko bilan 34-oʻrinda borishmoqda. Undan keyingi Osiyo vakili Avstraliya 1431 ochko bilan 43, Yaponiya esa 1398 ochko bilan 54-oʻrinda bormoqda.
Снимок000000.PNG
Mamlakatimiz termasi reytingda 1245 ochko bilan 96-oʻrinda bormoqda. Bu Osiyo termalari orasida 14-oʻrin demakdir. Qoʻshnilarimiz Qirgʻiziston termasi 1265 ochko bilan 91-oʻrinda, bizdan 5 oʻrin yuqoriroqdan joy olgan. Oʻzbekistondan keyingi oʻrinda esa Hindiston bormoqda. 97-oʻrinda qayd etilgan hindlar hisobida 1244 ochko mavjud.
Terma jamoalarning navbatdagi reyting 25-oktabrda eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

 

O’zA