Ikki davlat prezidentlari ishtirokida Janubiy Koreya mudofaa vaziri Son Yon Mu va KXDR Xalq qurolli kuchlari vaziri No Gvan Chxol harbiy sohada bitimni imzolashdi.
Pxenyanda boʻlib oʻtgan sammit KXDR va Janubiy Koreya uchun juda muvaffaqiyatli oʻtdi, deya xabar qiladi RIA Novosti.
Ikki davlat prezidentlari ishtirokida Janubiy Koreya mudofaa vaziri Son Yon Mu va KXDR Xalq qurolli kuchlari vaziri No Gvan Chxol harbiy sohada bitimni imzolashdi.
Uch kunlik tashrif davomida Janubiy Koreya prezidenti ikki marta Kim Chen In bilan muzokaralar oʻtkazadi.
Uchrashuv chogʻida ikki davlat oʻrtasida munosabatlarni yaxshilash, denuklearizatsiya va Shimoliy Koreya va AQSH muloqotini rivojlantirish, shuningdek, Koreya yarim orolida harbiy keskinlikni kamaytirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
OʻzA