Avval xabar qilganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva Shanxay ayollar federatsiyasi vitse-prezidenti Lyu Sini qabul qildi.
“Xitoy ayollari va oʻzbek ayollari oʻrtasida oʻxshashliklar kup. Ularning bari, avvalam bor, oilam deydi, mehnatkash va sabrli”, dedi uchrashuvda T.Norboyeva.
Li Si xonimning aytishicha, bugungi kunda Shanxay ayollar federatsiyasi ayollarning haq-huquqlarini himoya qilish va oʻrtacha umr koʻrish yoshini uzaytirish boʻyicha islohotlar olib bormoqda.
“Federatsiyaning asosiy maqsadi Xitoy qonunchiligiga asoslangan holda ayollar va erkaklar teng huquqliligini taʼminlash, ayollarning erkin taʼlim olish huquqini himoya qilishdan iborat”, deydi Li Si xonim.
Maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda ayollarning eng uzoq umr koʻrish yoshi 80 yoshni tashkil etadi. Bu erkaklar eng uzoq umr koʻrish koʻrsatkichidan 4 yoshga kattadir.
OʻzA