Tojikiston isteʼmolchilar ittifoqi delegatsiyasi Oʻzbekistonda

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi taklifiga binoan Tojikiston isteʼmolchilar ittifoqi delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Federatsiyava uning hududiytuzilmalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning zamonaviy usul va mexanizmlarini amaliyotga joriy etish borasida oʻzaro fikr almashish maqsadida amalga oshirilayotgan tashrif doirasida “Poytaxt” biznes markazida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy birlashmalari faoliyati, fuqarolarning isteʼmolchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar, murojaatlarni qabul qilish, uni oʻrganishhamda hal etish tartibi xususida maʼlumot berildi. Xususan, 2018 yilning birinchi yarim yilligida federatsiya va uning hududiy tuzilmalariga isteʼmolchilardan 6 ming 713 murojaat kelib tushgan. Shundan6 ming 131 tasi ijobiy hal etildi. Natijada isteʼmolchilar foydasiga 3 milliard 570 million 667 ming soʻm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
Tadbirda asosiy eʼtibor isteʼmolchilarga kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi. Fuqarolardan mazkur sohaga joriy yilda 331 murojaat kelib tushgan. Arizalarni federatsiya tizimi oʻz vakolati doirasida oʻrganib chiqdi va ular ijobiy hal etilmoqda.
Uchrashuv jarayonida Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari federatsiya va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tamaki mahsulotlariga qarshi kurashish maqsadida olib borilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki tomon oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

 

OʻzA