To’rtko’l tuman Axborot kutubxona markazida 1-dekabr – qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag’ishlangan “Ona tilim – donishmandlik asosi” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi.
Tadbirni O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Munavvara Yusupova olib bordi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To’rtko’l tuman bo’linmasi rahbari Jonibek Settiyev, davlat tili masalalari bo’yicha tuman hokimi maslahatchisi Gulyora Nazarova, “To’rtko’lnoma” gazetasi muharriri O’g’iljon Nurullayeva, Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Shirinoy Razzoqova va boshqalar so’zga chiqib, qoraqalpoq tili tarixi va bugungi kundagi imkoniyatlari haqida ma’lo’mot berdi.
Shundan so’ng “Dem bermes” qo’shig’ini iro etilib, maktabning o’quvchi qizlari qoraqalpoq tilida she’rlarni ifodali aytishdi. Qoraqalpoq tiliga bag’ishlangan video tasvirlar kechada qatnashayotgan kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda tilimizning afzalliklari haqida ma’lo’mot berilib, shunday bir ajoyib, do’stona davra bo’layotganini, samimiyat bu davraning eng bir go’zal sifati ekanligi e’tirof etildi.
“Onajonim she’riyat” klubi a’zolarining qoraqalpoq tiliga bo’lgan mehri-muhabbati satrlarda, ifodali ohanglarda namoyon bo’ldi. Shuningdek tadbirda 22-son maktabning kitobxon o’quvchi yoshlari ishtirok etdi. Bir so’z bilan aytganda adabiy badiiy kecha til haqidagi fikrlar, she’rlar va video tasvirlar asosida chiroyli bo’lib o’tdi.
Maftuna Yusupbaeva,
QMU, Teleradio jurnalistika yunalihsi 3-bosqich talabasi.
Qoraqalpogiston axborot agentligi.