Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Sharqiy va Markaziy Osiyo, Kavkaz departamenti katta direktori o‘rinbosari Sonoyama Yuka o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda “Sanoatni modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bazasini kengaytirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha istiqboldagi reja va hamkorlik yo‘nalishlari aniqlab olindi.

Hamkorlikda ushbu loyiha asosida o‘qituvchilar, tadqiqotchilar salohiyatini oshirishga e’tibor qaratiladi. Bu orqali O‘zbekiston sanoati uchun zarur bo‘lgan yetuk muhandis-texnik kadrlar tayyorlanadi. Bunda yapon tajribasidan foydalangan holda boshqa imkoniyatlarni yaxshilash kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida olib borilayotgan islohotlar, Yaponiya bilan bu boradagi aloqalarning ahamiyati haqida so‘z bordi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda kadrlar tayyorlashda muhandislik, axborot texnologiyalari, mashinasozlik, arxitektura, geologiya, energetika kabi sohalarni qamrab olishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA