Eron mamlakati milliy chempionatining 2017/2018-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha eng yaxshilari aniqlandi.
O‘nta nominatsiya bo‘yicha mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Muhimi, ularning ichida “Eng yaxshi assistent” sovrini hamyurtimiz, yakuniga yetgan mavsumni Tehronning “Istiqlol” klubida o‘tkazgan Server Jeparovga nasib etdi. O‘z davrida O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan, OFKning ikki karra eng yaxshi o‘yinchisi, deb e’tirof etilgan Server endi Eronda ham nimalarga qodir ekanligini isbotladi.
Taqdirlash marosimida eng ko‘p mukofot “Persepolis” klubiga tegishli bo‘ldi.

 

O’zA