Sentyabr oyi oxirida Yer diametri taxminan 11 metrli kichik asteroid 2024 PT5 – ikkinchi tabiiy yo‘ldoshiga ega bo‘ladi. Ushbu samoviy jism 29 sentyabr kuni orbitaga kiradi va o‘ziga xos mitti oy ko‘rinishida 56,6 kun aylanadi.

“CBS News” telekanali xabar berishicha, 2024 PT5 Janubiy Afrikada joylashgan uskunalardan foydalanilgan holda “Asteroid Terrestrial-impact Last Alert System” ta’siridan so‘nggi ogohlantirish tizimi teleskopi bilan ishlovchi olimlar tomonidan kashf qilingan.

Madriddagi Komplutense universiteti mutaxassislari uch hafta davomida yo‘ldoshning parvoz yo‘lini kuzatishdi. Xulosaga ko‘ra, jism Quyosh atrofida aylanadigan Arjuna asteroid kamarida joylashgan.

Yerning tortish kuchi ta’sirida 2024 PT5 bir necha hafta Oy kabi Yer atrofida aylanadi va 25 noyabrda gelio markaziy orbitaga qaytadi. Ya’ni, Quyosh atrofida aylanishni davom ettiradi.

Darvoqe, juda kichik o‘lchami tufayli durbin yoki havaskor teleskop yordamida bu asteroidni Yerdan kuzatish imkoni yo‘q. Kuchli asbob-uskunaga ega professional astronomlar fazoviy jism harakatini kuzata oladi.

Orbitamizni tark etgandan keyin ham bir necha oy Yerga yaqin hududda qoladigan asteroid 2025 yil 9 yanvar kuni sayyoraga yana yaqinlashadi va shundan so‘ng uzoqlasha boshlaydi. 2024 PT5 Yer orbitasiga ikkinchi bor taxminan 30 yildan keyin qaytadi.

G.Sattorova,

O‘zA