Bu qaror Moskvada 2015 yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinayotgan BRICS media sammiti chog‘ida qabul qilindi.
Ozarbayjonning “AzerTAJ”, Eron Islom Respublikasining “IRNA”, Rossiyaning “TASS”, Turkmanistonning “TDH” axborot agentliklari va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Teleradiokompleksi vakillari ishtirok etgan tadbir ishtirokchilari ko‘p tomonlama axborot hamkorligini mustahkamlash muhimligidan kelib chiqib, Kaspiy axborot agentliklari alyansini tuzish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelishdi.
Delegatlar maxsus nizom ishlab chiqish, navbatdagi yig‘ilish vaqti va joyini belgilash, Alyans doirasida axborot hamkorligi shaklini belgilash maqsadida muntazam ravishda maslahatlashuv o‘tkazishga kelishib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda RF poytaxtida BRICS mamlakatlari media sammiti bo‘lib o‘tyapti. Ekspertlar va rasmiylar ishtirokidagi muhokamalar ko‘p qutbli dunyo barqarorligini mustahkamlashda BRICS media hamjamiyatining o‘rni, shuningdek uyushmaga a’zo davlatlar axborot hamkorligining texnologik jihatlari kabi dolzarb masalalarga qaratilgan.
O‘.Alimov, O‘zA