Jumladan, chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.

Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy ko‘nikmalar kam bo‘lgani uchun pastroq ball olayapti.

Endi, Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘radi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

O‘zA