Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida qayd etilganidek, keyingi yillarda poytaxtda “Toshkent siti”, “Toshkent moll”, “Medjik siti” kabi turizm maskanlari barpo etildi. Bu majmualarga yiliga 4 milliondan ziyod odam tashrif buyuryapti, ularning 35 foizidan ko‘pi xorijiy turistlar.
Lekin poytaxt hokimligi o‘z tashabbusi bilan yangi takliflar bilan chiqmayotgani tanqid qilindi.
Shu bois Toshkent shahar hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Davrukov lavozimidan ozod etildi. Bosh vazirga turizm bo‘yicha har bir hokim o‘rinbosari ishiga baho berish topshirildi.
O‘zA