Turkiyaning Istanbul shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Mazkur jahon kubogida dunyoning 42 ta mamlakatidan 3760 nafardan ziyod sportchilar turli yosh toifalarida medallar uchun o‘zaro raqobatlashdi. Bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 18 ta oltin, 8 ta kumush, 19 ta bronza, jami 45 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Qizg‘in o‘tgan kikboksing janglarida, umumiy jamoa hisobida, musobaqa mezboni bo‘lgan Turkiya termasi birinchi, Avstriya termasi ikkinchi, O‘zbekiston terma jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA