AQSHning Ogayo shtatida o‘tkazilgan an’anaviy “Arnold Sports Festival” doirasidagi sambo bahslarida mamlakatimiz vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqada yurtimiz sambochilaridan Azizaxon Muhammadjonova, Islom Ahmadjonov, Samariddin Hikmatullayev, Sanjar Hikmatullayev, Jahongir Ahmadjonov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada 5 ta oltin medalga ega chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. 1-o‘rin Kaliforniya shtati sambochilariga nasib etdi.

Sambo musobaqalarini taniqli aktyor Arnold Shvarsenegger kuzatib bordi. Bellashuvlarni boshqarib borishda o‘zbekistonlik hakam Farrux Niyazimbetov ishtirok etdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA