Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Tuproqqal’a, Shovot va Yangiariqda 1 ming gektarni yopiq sug‘orish tizimiga o‘tkazish bo‘yicha pilot loyiha boshlanadi.

Joriy yilda shaffof tizim orqali 11 ming gektarda suv tejovchi texnologiya joriy qilish, 42 ming gektarni lazerli tekislash rejalashtirilgan.

Xorazmda ko‘plab nasos stansiyalari eskirgani bois, ularning suv yetkazish samaradorligi past, energiya sarfi esa yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan Suv xo‘jaligi vazirligiga 50 ta nasos stansiyani xususiy sheriklikka berish topshirildi.

O‘zA