Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Alimjonov Rossiyada yana sovrindor bo‘ldi.

Xurshidbek “Maksima Master-2023″ musobaqasining Gran-pri dasturida 140 sm. balandlikdan iborat to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Chavandozimiz ushbu bellashuvlarda “Champions League” laqabli tulpori bilan qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqaning 135 sm. yo‘nalishida Xurshidbek Alimjonov oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA