Xabar berganimizdek, Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha Qirg‘iziston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Yopiq tarzda bo‘lgan uchrashuvda Srechko Katanets bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz a’zolari o‘yinni 4:1 hisobida o‘z foydasiga hal etdi.
Qirg‘iziston darvozasiga yo‘llangan gollarga futbolchilarimizdan Abbosbek Fayzullayev (23), Azizbek Amonov (53), Jaloliddin Masharipov (55) va G‘olib G‘aybullayev (80) mualliflik qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi maydonda quyidagi tarkibda harakatlandi: O‘tkir Yusupov, Muhammadqodir Hamraliyev, Umar Eshmurodov, Rustam Ashurmatov, Odiljon Hamrobekov, Diyor Xolmatov, Bobir Abdixoliqov, Azizbek Turg‘unboyev, Sherzod Nasrullayev, Hojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullayev.
T. Ro‘ziyev, O‘zA