Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Fransiyaning Alp tog‘lari va AQSH Yuta shtatidagi Solt-Leyk-Siti shahri 2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun nomzodligini tasdiqladi.

XOQ qabul komissiyasi rahbari Karl Stoss aytishicha, endi rasmiylar shu ikki nomzod bilan “maqsadli muloqot”ga kirishadi. 2024 yil iyul oyida Parijda o‘tadigan 142-sessiyada da’vogarlar imkoniyati Milliy olimpiya qo‘mitalari delegatlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlash joiz, kelgusi yil yozgi Olimpiadani qabul qiladigan Fransiya uch bor qishki musobaqaga mezbonlik qilgan. 2002 yil qishki Olimpiya o‘yinlariga Solt-Leyk Siti mezbonlik qilgan.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA