OQ UY
VASHINGTON
2018-yil 16-may
Bugungi oqshomda Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva mezbonlik qilayotgan qabul marosimi ishtirokchilariga o‘z salomlarimni yo‘llayman.
Amerika xalqi nomidan Prezident Mirziyoyevga Oq uyga tarixiy tashrifi uchun minnatdorlik bildiraman. Markaziy Osiyoda anchayin murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotgan bir paytda bugungi muloqotimiz strategik sherikligimizni yangilashga yordam berdi. Mintaqadagi ta’minot yo‘llarini qo‘llab-quvvatlash va Afg‘oniston bilan aloqalarni yaxshilashga xizmat qiladigan iqtisodiy loyihalarni sarmoyalash borasidagi sa’y-harakatlari uchun Prezident Mirziyoyevga hurmat-ehtiromimni izhor qilaman.Prezident Mirziyoyev meni ishontirib ta’kidladiki, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan islohotlar dasturi bardavom va muqarrardir. Aminmanki, Prezidentning inson huquqlarini himoya qilishga qaratayotgan e’tibori xalq hayotini yanada obod va farovon bo‘lishiga xizmat qiladi. Biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan O‘zbekistonda hisobdorlik va shaffoflik masalalari yanada yaxshilanishiga erisha olamiz. Bu esa Amerika kompaniyalarining faoliyati uchun mustahkam zamin hozirlab, mamlakatlarimizda bandlik darajasini oshirishga yordam beradi.
Melaniya va men Prezident Mirziyoyev va Birinchi xonim Ziroatxon Mirziyoyevaga Amerika Qo‘shma Shtatlariga unutilmas tashrifi uchun chin dildan minnatdorlik bildiramiz. Ishonamanki, sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarilgan hamkorligimiz ikki mamlakat porloq kelajagining muqaddimasi, xolos.
O‘zA