FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi, xususan, xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Chimboy tumani Bolыs ovulida 820 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ulardan 375 nafari xotin-qizlardan iborat. Hozirda 35 nafar xotin-qiz vaqtincha ishsiz bo‘lib, ularni ish bilan ta’minlashga ustuvor e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, ovulda yashovchi Ayjan Jumanazarovaga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun hokim yordamchisi tavsiyasi bilan “Agrobank” filiali tomonidan 15 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Bu mablag‘ hisobiga Ayjan Jumanazarova xonadonida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, aholidan milliy va zamonaviy ko‘rinishdagi ko‘rpacha va yostiqlarga buyurtmalar olmoqda. Shu bilan birgalikda opa ovul xotin-qizlariga “Ustoz-shogird” an’anasi asosida tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatmoqda.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA