FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlari doirasida “Kommunal issiqlik markazi” davlat unitar korxonasi tasarrufidagi qozonxonalarning birida sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha o‘quv-amaliy mashqi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash kerak, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiya, tabiiy gaz va ichimlik suvi resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari hamda targ‘ibod va tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.

Navbatdagi ana o‘quv mashqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli idora va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA